Plagiat

Shanba kuni ajoyib bir ishning guvohi bo’ldim. E-mailimni tekshirib o’tirsam, Iguzar.com portalidan xabar keldi: Saytimizdagi forumdagi mulohazangizga javob berildi. Javobni o’qish uchun shuni bosing. hayron bo’lib qoldim. Tezda javob yozvordim: Axir man silarni forumlaringga a’zo bo’maganman-u, qanaqasiga?

Ajabo, shunaqasi ham bo’larkan. Bizning forumimizdan mulohazalarni aynan, hatto mualliflari bilan (ularni qanday registr qilishdi ekan?) joylab qo’yishibdi. Juda hayron qoldim. Avvaliga ulardan javob keldi. Saytingizdagi mulohazalardan foydalandik. Ho’p, mayli, lekin mani ruxsatimsiz, mani nomimdan ish qilishga kim ruxsat berdi sizlarga? Eng qizig’i, “muallif” man bo’lib turib, ularning forumlariga kira olmadim, chunki man a’zo bo’lmaganman. Go’yoki “a’zo qilib qo’yishgan”. Parolni iGuzar menejeridan oldim. Forumga kirib qarasam…

Kashmar! deydiyu ruslar, shunaqa. Muhabbat, Horijdagi o’zbeklar bo’limlarining shunday ko’chirishibdiki, hayron qolasiz. Hatto mualliflar ham, ularning avatarlari ham bir xil-a. Insofni qarang, siz. Etikani qarang. Bunaqasini hali ko’rmagandim. Tezlikda iGuzar menejeriga bularni zudlik bilan o’chirib yuboring va qaytib bu holat takrorlanmasin, deb yozib yubordim.

Hurmatli forum a’zolari, agar bu holat yuzasidan uzr so’rayman, bunda Ziyo Uzning hech qanday aybi yo’q. IGuzarchilarga esa omad tilaymiz! Ko’chirmakashlik qilmasdan o’zlari mustaqil harakat qilishsa, yaxshi muvaffaqiyatlarga erishadilar, deb niyat qilamiz.

Ziyo Uz dan ko’chirish holatlari juda ko’p bo’layapti. Ayniqsa internetda. Saytimizdan olishadi-da, ko’pincha “ziyo-uz dan olindi” degan etik qoidani “unutishadi”.

O’zbek matbuotida ham bunday holatlar kuzatilmoqda. Ayrim “sariq” gazetalarda bu holatni kuztib qolaman.

“Ogoh” gazetasining 2006 yil 27 yanvar sonida “jurnalist” Dilafro’z Muslimova saytimizning Ajoyibotlar bo’limidagi “Jahonning yetti mo’jizasi” maqolasini hech qanday o’zgarishsiz ko’chiribdilar-da, saytning nomini ham yozmasdan, o’zlariniki qilib chop etib yuboribdilar. Qoil!

06.02.2006.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *